Turkiyaning Yevropa işlari böyiça vaziri Umar Çelik Germaniyaning Yevropa Komissiyasidagi vakili Gyunter Ettingerning bayonotiga munosabat bildirib, uni «madaniy irqçilik», deb atadi. Ettinger, Turkiya Erdöğan davrida YeIga a'zo bölişi borasida şubha bildirgan edi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.

Xabarlarga köra, YeIning raqamli iqtisodiyot va jamiyat masalalari böyiça komissari Gyunter Ettinger Bild naşriga bergan intervyusida, Turkiyaning YeIga a'zo böliş şartlaridan biri Rajab Toyyib Erdöğanning prezidentlik lavozimidan ketişi ekanini bildirgan edi. 

«Ehtimol, bu masala Erdöğandan keyin dolzarb mavzuga aylanar», — deb bayonot bergan Ettinger.

U, şuningdek, yaqin orada Turkiyaga vizasiz tartib joriy qilinmasligini ham bildirgan. 

Iyul oyi oxirlarida, Yevroparlament Turkiyaga vizasiz tartibni taqdim etişga qarşi ovoz berişi mumkinligi aytilgandi.