Xitoyning China International Marine Containers kompaniyasi mutaxassislari gigant şamol generatorlari parraklarining toğli hududlarga qanday taşilişini körsatuvçi videoni tasvirga olişdi. Bir neça maxsus tayyorlangan yuk maşinalari 35 metr uzunlikdagi parraklarni aylanma yöllardan olib ötişmoqda. Video kompaniyaning Youtube kanalida taqdim qilindi.

Videoda General Electric kompaniyasining 1,5 megavattlik şamol elektron qurilmalari tasvirlangan. Ularning tarkibiy qismlari muntazam ravişda avtopoyezdlar yordamida taşiladi. Biroq Xitoy janubidagi Yunnan provinsiyasi toğlarida bu murakkab jarayon juda ğaroyib körinar ekan.

Şamol energiyasi köp mamlakatlarda tez ösib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi. 2015 yilda AQŞda bunyod qilingan yangi elektr stansiyalarining deyarli yarmi şamol energiyasiga asoslangan. Ularning samaradorlik körsatkiçlari tarixiy maksimumga yetdi.