Rossiya iqtisodiyot taraqqiyoti vazirligi rahbari Aleksey Ulyukayevning sözlariga köra, Putin XXR raisiga muzqaymoq sovğa qilgan. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi.

"Aynan qanday muzqaymoq ekanligini bilmayman, lekin XXR raisi Si Tszinpin juda xursand böldi. U muzqaymoqni yaxşi köradi. Har safar Moskvaga kelganida muzqaymoq xarid qilişini, endi esa bepul qölga kiritganini aytdi", - dedi Ulyukayev.

Bundan avval Şarq iqtisodiy forumida (ŞIF) Uzoq Şarq investorlari bilan bölib ötgan uçraşuv davomida Putin Xitoy fuqarolari Rossiyadan özlarining sevimli muzqaymoqlarini olib çiqa olmayotganliklari haqida ma'lumotga ega bölgan. Şundan söng u Si Tszinpinga muzqaymoq sovğa qilişni va'da bergan.