Toşkent şahridagi Inha universiteti (IUT) va “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki (ATB)  bugun özaro anglaşuv töğrisidagi memorandumni imzolaşdi. Bu haqida Toşkent şahridagi Inha universitetining rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

Imzolaş marosimi ikki taşkilotning vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida Toşkent şahridagi Inha universiteti binosida bölib ötdi. Memorandumni Toşkent şahridagi Inha universiteti rektori Şerzod Şermatov va “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki Boşqaruv raisi  Azim Ahamdxöjayev imzolaşdi.

Memorandum doirasida tomonlar bir qança yönalişlar böyiça özaro hamkorlikni yölga qöyişni rejalaştirişmoqda. Şunday yönalişlardan biri Toşkent şahridagi Inha universitetining iqtidorli talabalari uçun grantlar dasturi böladi. “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki Toşkent şahridagi Inha universitetining iqtidorli talabalari uçun bakalavriat va magistraturadagi öqişlari davomida grantlar taqdim etadi.  

Tomonlar şuningdek, bank sohasida innovatsion yeçimlarni tatbiq etiş böyiça hamkorlikdagi loyihalarni amalga oşiriş, mobil banking va internetni rivojlantiriş, bank faoliyatida biznes-jarayonlarni optimallaştiriş va  boşqaruv yeçimi sifatlarini oşiriş maqsadida biznes jarayonlar reinjiniringi (BPR) böyiça uslubiyotlarni joriy etiş va BI-tizimlarni (Business intelligence) tatbiq etiş borasida ham hamkorlik qilişadi.

Ikki taşkilot bank sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kompleks tatbiq etiş va ulardan samarali foydalaniş böyiça bank xodimlarini öqitiş va malakasini oşiriş böyiça ham hamkorlik qilişga kelişib olişdi.