Jamiyat | 00:30 / 21.03.2019
4395
2 daqiqa o‘qiladi

«Buyuk Kelajak» va «O‘zagrolizing» o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

20 mart kuni «Buyuk Kelajak» XNNT va «O‘zagrolizing»  AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatni «Buyuk Kelajak» XNNT ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Zuxra Azimova va «O‘zagrolizing»AJ Boshqaruv raisi Xolmuradov Akmal Arslonovich imzolashdi.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda ilg‘or xorijiy tajribadan foydalangan holda hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olishdi:

- lizing oluvchilarning zamonaviy lizing asosida beriluvchi qishloq xo‘jaligi va boshqa texnika, uskunalar va mini-texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish;

- lizing faoliyatini diversifikatsiyalash va kengaytirish, faoliyatning agrar sektorda ustuvorligini ta'minlash;

- lizing xizmatlari va innovatsion moliyaviy mahsulotlarning zamonaviy, xalqaro standartlarini joriy etish;

- agrosanoat kompleksi korxonalari, iqtisodiyotning real sektori va tadbirkorlik sub'yektlari uchun lizing loyihalarini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlarni rivojlantirish, turli qimmatli qog‘ozlar bosib chiqarish, xususiylashtirishda ko‘maklashish va boshqalar;

- lizing xizmatlari sohasida korporativ boshqaruv va xodimlar malakasini oshirishning zamonaviy usullarini joriy qilish;

- Kompaniyaning rivojlanish strategiyasini va yo‘l xaritasini ishlab chiqish.

Tomonlar o‘quv seminarlarini tashkil etish, muzokaralar olib borish, loyihalar yuzasidan qarorlar qabul qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassislarni jalb etishda hamkorlik qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, hamkorlikdagi ishlarni samaradorligini oshirish maqsadida har ikki tomon vakillari ishtirokida ekspert guruhi tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

«Buyuk Kelajak» konsultatsiya xizmatlarini «O‘zagrolizing»ga bepul taqdim etadi.

Mavzuga oid