Land Rover kompaniyasi Parij avtosaloni arafasida yangi avlod 7 örindiqli yöltanlamasi Discovery maşinasining suratlarini namoyiş etdi. Hozirça, britaniyaliklar yangilikka oid ma'lumotlarni töliq oşkor etmagan bölsa-da, avtomobil öta universal, qulay va texnologik jihatdan yuqori dajarada ekanini ta'kidlaşgan.
«Yangi Discovery, Land Rover sifatlarining eng yaxşilarini özida mujassamlaştirgan», — deb izoh berişgan Land Rover kompaniyasi vakillari.
«Butunlay yangi Discovery yirik hajmli yöltanlamaslar uçun yangi me'yorlarni joriy qilmoqda — deya fikr bildirgan modelning boş dizayneri Jyerri MakGovern. — Land Rover dizayner va muhandislari Discovery «formula»sini tubdan özgartirib yubordi. Bu esa, juda ajoyib, bugungi kun talabiga mos keluvçi avtomobil işlab çiqariş imkonini berdi. Uni dunyodagi eng yaxşi oilaviy yöltanlamaslardan biri deyiş mumkin».

Taxminlarga köra, yangi modelga benzin va dizel yoqilğisida yuradigan, 3.0 litrli «V6» motori örnatiladi. Bundan taşqari, gibrid Discovery ham taklif etiladi. Bundan taşqari, uning Discovery SVX rusumli kuçaytirilgan namunasi bölişi ham aytilmoqda.
Hozirgi vaqtda, törtinçi avlod Diskaveri avtomobili 211 va 249 ot kuçiga ega turbo «dizel» motori va benzinli, 340 ot kuçiga ega V6 dvigateli bilan birga sotiladi. Yöltanlamasning barça töplamlari 8 bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Ularning barçasining ğildiraklari yetakçi böladi.












