Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltiriş uçun Samarqandga keldi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
Rossiya yetakçisi yordamçisi Yuriy Uşakovning bayonot berişiça, Putinning Samarqandga safari xususiy safar hisoblanadi.
"Prezident şaxsan hamdardlik va ta'ziyasini bildirişni xohladi", - degan Uşakov.
Putinning özi, Katta yigirmatalik sammiti sönggida uyuştirilgan matbuot anjumanida "Karimovning xotirasiga ta'zim bajo keltiriş uçun albatta Samarqandga kirib ötiş"ini ta'kidlagandi.












