Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AirAsia samolyoti uchuvchilarning xatosi tufayli boshqa shaharga qo‘ndirildi
2015 yil 10 martida AirAsia aviakompaniyasining Airbus A330 samolyoti Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri aeroporti o‘rniga Avstraliyaning Melburn shahriga qo‘ngan. Avstraliya transport xavfsizligi byurosining 6 sentabrda e'lon qilingan hisobotida so‘z yuritilgan voqea haqida Mashable yozmoqda.
Yo‘lovchi parvozlariga xos bo‘lmagan bunday hodisa ham texnik, ham insonlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar to‘plami sabab yuz bergan.
Airbus A330 Sidney shahridan parvoz qilganidan so‘ng, uchuvchilar samolyot navigatsiya tizimi noto‘g‘ri ishlayotganini sezib qolishgan. Biroq, tizimni qayta yuklash yo‘nalishdan tobora chetga chiqishga olib kelavergan.
Shundan so‘ng, ekipaj a'zolari parvozni to‘xtatish borasida ovoz berish o‘tkazgan. Bu vaqtga kelib, ob-havo sharoiti yomonlashgani bois, uchuvchilar shunchaki kuzatish orqali uchishni davom ettirishlari mumkin edi. Shundan so‘ng, dispetcherlar Airbus A330 havo laynerini Melburn aeroporti tomon olib kelishgan.
ATSB olib borgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, muammolar havo kemasi kapitanining bort kompyuteriga parvoz koordinatalarini noto‘g‘ri kiritishidan boshlangan. Bunga qo‘shimcha ravishda samolyot zaxira yo‘lagidan havoga ko‘tarilgan. Shu sabab uning uchish trayektoriyasi ham noto‘g‘ri bo‘lgan.
Ekipaj a'zolari esa, texnikada yuz bergan nuqsonga havoga ko‘tarilgandan so‘ng e'tibor qaratgan.
ATSB ma'lum qilishicha, AirAsia aviakompaniyasi samolyotlardagi parvozlarni boshqarish tizimini yangilashga ulgurmagani ham ushbu hodisaga ozmi-ko‘pmi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:04 / 12.11.2025
Avstraliya sudi RFdan elchixona uchun ajratilgan yerni qaytarib olishni tasdiqladi
22:23 / 11.11.2025
Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqladi
15:58 / 10.11.2025
Avstraliya sanksiyalarga qaramay Rossiya neftini import qilmoqda
19:06 / 29.10.2025