AQŞ prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton raqibi – Respublikaçilar partiyasi vakili Donald Trampdan köra Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan tuşlik qilişni afzal, deb bildi. Bu haqida Daily Mail ma'lum qildi.
Manbaga köra, sobiq boş kotibga Klivlendga parvozi vaqtida şunday savol bilan murojaat qilişgan. AQŞda sobiq prezident Ronald Reygan davrida urf bölgan bir odat bor – unga köra, jurnalistlar samolyotning orqasidan uning old tomonida ötirgan nomzodga savollar yozilgan apelsinlarni dumalatişga urinişadi.

Klinton ana şunday apelsinlardan birida şunday savolni öqiydi: “Kim bilan tuşlik qilişni afzal deb bilasiz” Putin va Trampdan bittasini tanlaş kerak bölgan. Bir neça daqiqadan söng jurnalistlarga javob yozilgan apelsin qaytdi – naşrga köra, unda “Putin”, deb yozilgan bölgan.
Klintonga berilgan savolga javobni özi emas, apelsinni tutib olgan matbuot kotibi Nik Merril yozgan. Demokratlar nomzodining sözlariga köra, Klinton bir marta Putin bilan tuşlik qilgan. Şunda Merril javobni özi belgilagan va apelsinni jurnalistlarga qaytargan.












