Har birimiz hayotimizda kamida bir marotaba bölsa ham zudlik bilan xalqaro pul ötkazmasini yuboriş yoki qabul qiliş zaruratiga duç kelganmiz. Ammo yurtimizdagi aksariyat banklarda xalqaro pul ötkazmasini birinçidan, faqat iş kunlarida, ikkinçidan, ma'lum soatlardagina amalga oşiriş mumkin. Qabul qiling, bankda böliş har doim ham qulay emas, ayniqsa, tiğiz iş kunlarida. Apelsin uşbu muammoni qanday qilib hal etdi?

Apelsin Western Union tizimi böyiça onlayn pul ötkazmalari xizmatini işga tuşirdi – bu Özbekistonda moliyaviy operatsiyalar sohasida misli körilmagan voqeadir.

Endilikda siz haftaning istalgan kunida mablağ jönatiş va qabul qiliş hamda yaqinlaringiz bilan, nafaqat messenjerlarda aloqada bölişingiz, balki haftasiga 7 kun 24 soat davomida ularga ğamxörlik körsatişingiz mumkin.

Foto: Apelsin

Western Union pul ötkazmasini jönatiş yoki qabul qiliş uçun sizga bor-yöği smartfon va Kapitalbankdan hisob qaydnomasi kerak böladi xolos.

“Apelsin ilovasi menyusidagi “Xalqaro ötkazmalar” bölimida Western Union tizimini, söngra sizga kerak bölgan tartibni – pul mablağlarini jönatiş yoki qabul qilişni tanlang. Ilova sizga oddiy bosqiçma-bosqiç körsatmani taklif qiladi, uning yordamida pul ötkazmasini jönatiş yoki qabul qilişingiz juda qulay va oson böladi”, - deya tuşuntirdi Kapitalbank boşqaruv raisi örinbosari Timur Emirsaliyev.

Mazkur yangi xizmatning öziga xos jihati şundaki, Apelsin ilovasidan foydalanuvçilar Western Union tarmoğida 200 dan ortiq mamlakat va hududlarni qamrab olgan pul jönatiş va qabul qiliş imkoniyatiga egadir.

“Western Union – xalqaro pul ötkazmalari sohasidagi yetakçi kompaniya hisoblanadi. Biz hamişa öz mijozlarimizga pul ötkazişning eng qulay usullarini taklif etişga harakat qilamiz. Mamlakatimizdagi eng innovatsion banklardan biri bölgan “Kapitalbank” bilan hamkorligimiz tufayli endilikda Özbekistondagi mijozlar uydan çiqmasdan turib xalqaro pul ötkazmalarini tez va qulay tarzda jönatiş va qabul qiliş imkoniyatiga ega böldilar”, - dedi Western Union Şarqiy Yevropa va MDH davlatlari böyiça mintaqaviy vitse-prezidenti Andrey Ageyev.

Foto: Apelsin