Sayyohlarni yanada jalb etiş uçun öz arxipelagini suratga oliş istagida bölgan Farer orollari aholisi özining Sheep View 360 deb nomlangan loyihasini yaratdi. Uning doirasida panoramali kameralar bilan qurollangan qöylar mahalliy manzaralar böylab ötlaşga çiqişadi.

Mualliflar tasvirga olingan materiallarni YouTube kanalida oçilgan Visit Faroe Islands («Farer oroliga sayohat») sahifasiga joylaştirişdi. Bularning bariga Google Street View jamoasi hali ham Şotlandiya va Islandiya örtasidagi Atlantika okeanida joylaşgan orolga bormagani sabab böldi. Albatta, Farer oroli aholisining istagi va loyihasi qidiruv manbaining e'tiborini tortdi va taşabbuskorlarga 360 darajali kameralar va maxsus Trekker ryugzagini hadya qildi.

Farer orollarining tarjimasi «Qöylar oroli» bölib, be bejiz emas — XIX asr örtalarigaça qöyçilik Farerdagi eng daromadli faoliyat turi bölib kelgan. Bu sanoat hozir ham rivojlangan. Ayni damda orolda 80 mingdan ortiq qöylar va 50 ming kişi yaşaydi. Qöylarni hayrli işlarga yönaltiriş taşabbusi işbilarmon Durit Dal Andreassenga tegişli.