Ukrainalik boksçi Vladimir Kliçko va britaniyalik Entoni Djoşua örtasidagi revanş jang 11 noyabrda Las-Vegasda (AQŞ, Nevada ştati) ötkaziladi. Bu haqda Boxrec butunjahon boks bazasi ma'lumotlari xabar beradi.
Jang şaharning eng katta arenasi T-Mobile‘da ötkaziladi, u 20 ming tomoşabinga möljallangan. Xuddi şu maydonda 26 avgust kuni amerikalik Floyd Meyuezer va irlandiyalik Konor Makgregor uçraşadi.
Kliçko va Djoşua örtasidagi jangda hozirgi vaqtda britaniyalik egalik qiladigan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA Super), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Xalqaro boks taşkiloti (IBO) versiyasi böyiça jahon çempioni unvonlari öynaladi.
Kliçko va Djoşua örtasidagi birinçi jang 30 aprelga ötar keçasi Londonning «Uembli» stadionida bölib ötgan va britaniyalik 11-raundda texnik nokaunt bilan ğalaba qilgan. Ikkala boksçi ham jang davomida nokdaund holatiga tuşganlar.












