Sport epikirovkalari işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Nike firmasi «Real» bilan hamkorlikni davom ettirmoqçi. Bu haqda Ok Diario portali rahbari Eduardo Inda ma'lum qilgan.
Kompaniya «Qirollik klubi»ga yiliga 120 mln tölaşga tayyor.
Hozirgi paytda madridliklarning texnik homiysi adidas hisoblanadi. Bu kompaniya bilan 1998 yildan buyon hamkorlik qilib kelinadi. Bu firma jamoaga 40 mln yevro tölamoqda.
Ma'lumot uçun, «Mançester Yunayted» klubi sport liboslari işlab çiqaruvçilar bilan eng yirik şartnomaga ega klub hisoblanadi. Mankunianliklar adidas kompaniyasidan yiliga 98 mln yevro oladi. Agar Nike va «Real» kelişa olsa, bu boradagi eng qimmatbaho bitim tuzilgan böladi.
Bundan avvalroq yangi mavsumda Nike «Çelsi»ning yangi homiysiga aylanişi haqida xabar tarqatilgandi.












