AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQŞ prezidenti Barak Obamaga Osiyoga taşrifi vaqtida körsatilgan qabuldan hayratda ekanini aytdi.  

Obama dastlab Xitoyning Xançjou şahrida "katta yigirmatalik" sammitiga kelgan, söngra Laosga jönagan.

Trampning fikriça, Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda Suriya böyiça taraqqiyotga erişa olmagan. Uning aytişiça, Obama kelişa olişni bilmaydi.

"Prezident Obama va Putin Suriya böyiça kelişuvga erişa olmadilar – buning nimasi yangilik? Obama umuman kelişişni bilmaydi. U faqatgina yomon bitimlar tuza oladi!", deb yozdi Tramp tvitterda.

Tramp şuningdek taşkiliy xatoliklar tufayli Obamaning samolyotiga Xançjouda trap berilmagani va u samolyot dumidagi kiçkina zaxira zinasidan tuşganini ham eslab ötdi. Laosda esa Obama Filippin prezidenti Rodrigo Duterte uni qöpol ravişda tanqid qilgani uçun u bilan uçraşuvini bekor qilgan.

"Xitoy birinçi raqamli bortga qizil gilamli trap bermadi, söngra Filippin prezidenti Obamani sökdi. Dahşat!", deb uşbu holatlarga izoh berdi Tramp. Trampning aytişiça, u Obama örnida bölganda, şunday "iltifotdan" keyin samolyotni ortga burib, taşrifni bekor qilgan bölardi.