Sport | 12:12 / 08.09.2016
9361
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» keyingi 3 yilda transferlar uchun «Real»dan ko‘proq pul sarfladi

Prime Time Sports kompaniyasining «Soccerex Transfer Review» nomi ostidagi tadqiqotiga ko‘ra 2009 yildan buyon hisoblarga ko‘ra «Real» «Barselona»ni  transferlar bozorida sarflangan mablag‘lar miqdoriga ko‘ra ortda qoldirgan.

Keyingi 7 yil ichida madridliklar yangi futbolchilarni tarkibga qo‘shib olish uchun 847 million yevro sarflagan, kataloniyaliklar jamoasida esa bu ko‘rsatkich – 647 million yevroga teng.

Keyingi yillarda esa vaziyat o‘zgargan – oxirgi 3 mavsumda «Barselona» 92 million yevro ko‘proq sarfladi – 331 million yevro 239 million yevroga qarshi.

Shu yilning yozida kataloniyaliklar 123 million yevro sarflab, tarkibga 6 nafar futbolchi qo‘shib olgan, madridliklar esa Alvaro Moratani qaytarish uchungina 30 million yevro xarajat qildi.

Bundan tashqari, yozgi transferlar vaqtida «Real» o‘z tarbiyalanuvchilarini sotish orqali 34,5 million yevro daromad ko‘rdi,  «Barselona»da bu ko‘rsatkich – 13 million yevroga teng bo‘ldi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid