Sinxron suzish boʻyicha jahon chempionatining kumush medali sovrindori rossiyalik Anastasiya Baxtireva sport fuqaroligini oʻzgartirdi. Bu haqda u Match TV telekanaliga maʼlum qildi.

Sinxronist ayol Oʻzbekiston terma jamoasini tanladi.

«Onam Oʻzbekistonga ish bilan koʻchib bordi va meni ham taklif qildi. Albatta, rozi boʻldim va sport faoliyatimni davom ettirishga kelishdik», dedi Baxtireva.

Jahon vitse-chempioni yaqin dugonasi va Rossiya terma jamoasidagi sherigi Violetta Yevenkoga ham sport fuqaroligini oʻzgartirishni taklif qilganini aytdi. U rozi boʻldi va endi sportchilar Osiyo oʻyinlariga birgalikda tayyorgarlik koʻrmoqda.