«Birorta ğödaygan boyvaçça paydo bölsa, keçirmayman!» – prezident Toşkentda tadbirkorlar uçun xavfsiz muhit yaratişni talab qildi. Aliment miqdori bolaning yoşi va ehtiyojiga qarab belgilanişi mumkin. Aholi murojaatlari bilan işlaşda kamçilikka yöl qöygan davlat xodimlari lavozimidan olindi. Samarqand toğlaridagi sanoat portlatişi aholi eʼtiroziga sabab böldi. Qaşqadaryodagi universitet binosida katta yonğin sodir böldi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

«Birorta ğödaygan boyvaçça paydo bölsa, keçirmayman!» – prezident

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, investitsiya va bandlikni oşiriş, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratiş masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda tadbirkorlik uçun xavfsizlik masalasi muhim ekanini taʼkidladi.

Içki işlar vaziriga jinoyatçilikni jilovlaş böyiça köproq işlaş vazifasi qöyildi.

«Jinoyatni jilovlamagunimizça, işning barakasi bölmaydi, tadbirkor kelmaydi. Mana şuni bilinglar… Hammalaring şuni bilinglar. Kiçkina iş qilmayapsizlar. Öylamanglar, vaqtinça iş qilaman deb. Bitta narsani bilinglar, şukronalar deyişimiz kerak bu tinçlikka. Lekin ikki karra köp işlaşimiz kerak, xalqimiz tinç yaşaşi uçun. Tinç, bemalol uyida, emin-erkin, qörqmasdan, heç kimdan. Birorta ğödaygan boyvaçça paydo bölsa, birortangni keçirmayman… Davlat bölişi kerak, şunda bizda birdamlik böladi, hamjihatlik böladi, odamlar bizga işonadi», –dedi prezident.

Aliment miqdori bolaning yoşi va ehtiyojiga qarab belgilanişi mumkin

Alimentni oylik daromadga qarab hisoblaş tartibi bekor qilinişi mumkin. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Dilnoza Kattaxonova Senatdagi çiqişida maʼlum qildi.

Unga köra, oxirgi paytlarda ota-onalar aliment miqdorini kamaytiriş maqsadida haqiqiy daromadini yaşirib, özini past maoş tölanadigan işga rasmiylaştiriş holatlari köpaygan. Şu jihatdan har bir yoş toifalari kesimida minimal isteʼmol savatini belgilaş hamda aliment miqdorini ota yoki onaning oyligidan kelib çiqib emas, bolaga kerak böladigan isteʼmol savati asosida hisoblaş taklif etilyapti.

Şuningdek, aliment undiriş bilan boğliq ayrim funksiyalar Majburiy ijro byurosidan xususiy sektorga ötkazilişi mumkin.

Aholi murojaatlari bilan işlaşda kamçilikka yöl qöygan davlat xodimlari lavozimidan olindi

2026-yilning yanvar-avgust oylarida Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan murojaatlar bilan işlaşda yöl qöygan kamçiliklar yuzasidan davlat organlari va taşkilotlariga taʼsir çoralari köriş böyiça jami 5486 ta holat aniqlandi.

Körilgan çoralar natijasida 151 nafar şaxs lavozimidan ozod etilgan. Şuningdek, 833 nafar xodimga hayfsan jazosi qöllangan.

Bundan taşqari, 150 nafar xodim maʼmuriy javobgarlikka tortilgan va 1335 nafari rasman ogohlantirilgan.

Murojaatlardagi kamçiliklardan kelib çiqib, çora körişdan taşqari, yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni tuzatiş böyiça eng köp murojaat tuşayotgan 10 ga yaqin taşkilotda amaliy öquv seminarlari taşkil etilgan.

Samarqand toğlaridagi sanoat portlatişi aholi eʼtiroziga sabab böldi

Samarqand viloyatining toğli hududida olib borilgan sanoat portlatiş işlari yuzasidan örganiş işlari boşlandi.

Viloyat Ekologiya boşqarmasining maʼlum qilişiça, Nurobod tumanining aholi yaşaş punktlariga yaqin toğli hududida portlatiş işlari olib borilgan. Bu esa mahalliy aholining jiddiy eʼtirozlariga sabab bölayotgani aniqlangan. Portlatiş işlari toğ-kon sanoati va oçiq konlar işlaş faoliyati bilan şuğullanuvçi mahalliy korxona tomonidan amalga oşirilgan.

Ekoboşqarma hozir mazkur hududda tegişli nazorat tadbirlari olib borilayotganini bildirib, holatga qonuniy baho beriş maqsadida davlat inspektorlari zarur hujjatlarni örganayotganini taʼkidladi.

Qaşqadaryodagi universitet binosida katta yonğin sodir böldi

14-sentabr kuni Qarşi davlat texnika universiteti boş binosida yonğin çiqdi. Viloyat FVB binoning tom qismi yonayotgani haqida xabar berdi. Qutqaruv bölinmalari bir soatdan ortiq vaqt yonğin bilan kuraşib, uni öçirişga muvaffaq bölgan.

Yonğin oqibatida jabrlangan odamlar haqida maʼlumot kelib tuşmagan. Hozir yonğinning kelib çiqiş sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.