Hayit bayramlarida yoşu qari, boyu kambağal barçalari şodu xurram bölib, bir-birlariga xursandçilik izhor qilişadi. Bu uluğ bayram Ramazon va Qurbon hayiti kunlari nişonlanadi. Musulmonlar hamişa orziqib kutadigan uşbu ikki hayit bayramlariga taalluqli bir qança odoblar bölib, u sababli banda köplab ajru savoblarga ega böladi. Jumladan:
Ezgu niyat.
Hayit namoziga çiqilar ekan, zimmasidagi vojib amalni ado etişni niyat qiladi. Payğambarimiz Nabiy (sollallohu alayhi va sallam)ning körsatmalarini bajariş niyati bilan yaxşi kiyimlarini kiyib çiqadi. Silai rahm, ya'ni qavmu qarindoşlarini ziyorat qilişga harakat qiladi.
Ğusl qiliş va xuşböylaniş.
Yuvinib toza-ozoda bölganidan söng şirin muşk va atirlar bilan xuşböylanib çiqiş ham bu kunning odoblaridan sanaladi.
Yaxşi kiyimlar kiyiş.
Hayit kunida imkoni bor kişi yangi kiyim kiyişi mustahab böladi. Çunki bu iş Alloh taoloning bandasiga bergan ne'matlarini izhor etiş, şodu xurramligini namoyon qiliş hamdir.
Qurbon hayitida qurbonlik qilişdan oldin heç narsa yemaslik.
Qurbon hayitida Ramazon hayitining aksi ölaroq to hayit namozi ado etilguniça taomlanmaslik, balki söygan qurbonligining göştidan yeyişi sunnatdir.
Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) qurbonlik kunida namoz öqigunlariça taomlanmasdilar (Termiziy rivoyati).
Hayit namoziga erta boriş.
Barro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning xutba qilayotib bunday deganlarini eşitganman: “Uşbu kunda birinçi qilinadigan iş bayram namozini öqişdir, söngra qurbonlik qilişdir. Kimki şunday qilgan bölsa, albatta bizning sunnatimizga ergaşibdi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Masjidga piyoda yurib boriş.
Agar yöl uzoqlik qilmasa, qoru-yomğir yoğmayotgan bölsa yoki kasal bölmasa hayit kuni namozgohga piyoda yurib boriş sunnat hisoblanadi.
Masjidga borguniça ovozini çiqarib tahlil va takbir aytib boriş.
Hayit namozini öqiş uçun uydan çiqilgan paytdan to namozgohga yetib borgunça “La ilaha illalloh” va “Allohu akbar” larni aytib boriş ham sunnat hisoblanadi. Uşbu sunnatni ado etiş Islom şiorini izhor qiliş va hayit bayrami kelganidan şodlaniş ifodasi, hamda uşbu kunning oldingi va keyingi kunlardan farqli kun ekanini barça insonlarga bildiriş hisoblanadi.









