Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh fuqarosi Samsung smartfoni tufayli jipidan ayrilib qoldi
AQShning Florida shtati Sent-Petersberg shahri fuqarosi Samsung Galaxy Note 7 telefonini Grand Cherokee avtomobilida quvvat olishi uchun qoldirgan. Shundan so‘ng, gadjyet portlagani sababdir, mashina yonib ketgan, deb xabar qilmoqda ABC telekanali.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t uchiruvchilar yong‘inni o‘chira olishmagan va jip butunlay yonib ketgan.

Ayni vaqtda shtat o‘t o‘chirish xizmati va Samsung kompaniyasi surishtiruv ishlarini olib borayapti.
Avtomobil egasi Natan Dornaker yonayotgan Grand Cherokee suratlarini Feysbukdagi sahifasiga joylashtirgan.

Avvalroq, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini sotishni vaqtincha to‘xtagani xabar qilingan edi. Mazkur fabletofonlar quvvatlanish vaqtida portlab ketayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026