Merino yana qahramon, Qozoğiston Farer orollarini yana yenga olmadi
|12:30 / 07.10.202612 39612 min
Belarus qatorasiga ikkinçi öyinda ğalaba qozonib, öz guruhida ikkinçi öringa çiqib oldi, Qozoğiston esa öz uyida Farer orollarini ham yenga olmadi va Slovakiya, Farer orollari va Moldova bor guruhda sönggi örinda qolmoqda.
Millatlar ligasi guruh bosqiçida 4-tur uçraşuvlari yakunlandi.
Ispaniya safarda Xorvatiyani taslim etdi. Lekin şu kuni ispanlar öyinning 60-daqiqasigaça hisobda ortda edi va faqat zaxira imkoniyatlari işga solinişi evaziga ğalaba qozondi.
Ötgan turda Angliyaga yirik hisobda yutqazgan xorvatlar öyinni faol boşladi va 17-daqiqadayoq qarşi hujumda hisobni oçdi: Unai Simon Igor Matanoviçning zarbasini qaytargandi, ammo keksalikni tan olmayotgan Ivan Perişiç qaytgan töpni boş bilan böş darvozaga yöllab qöydi. Bir neça daqiqa ötib mezbonlar ikkinçi golni ham urişi mumkin edi: ispanlar jarima maydoni içida töp yöqotişdi, ammo Matanoviç darvozabon hududida turib gol urolmadi – bu vaziyatda Simon jamoa joniga ora kirdi.
Xorvatiya birinçi bölimni aʼlo darajada ötkazdi va şu kuni ispanlarning mağlubiyatsiz seriyasiga barham berilişi mumkin edi, ammo Luis de la Fuente tanaffusdan keyin öz xaloskori Mikel Merinoni maydonga taşladi.
Ispaniya ikkinçi bölim boşlarida bir neça xavfli vaziyatdan foydalana olmadi, 60-daqiqada esa baribir öz maqsadiga erişdi. Dani Olmo raqib himoyaçisidan qaytgan töpni öziga böysundirib, uni Merinoga uzatdi, ötgan mavsumda «Arsenal»da majburan markaziy hujumçiga aylantirilgan futbolçi esa olis burçakni aniq nişonga oldi.
Şu kuni öyin qahramoni bölişi mumkin bölgan Perişiç esa antiqahramonga aylandi: u avvaliga qulay vaziyatni yöqqa çiqardi, 79-daqiqada esa maydon markazida Mark Kukurelyaga keraksiz fol işlatib, ikkinçi sariq kartoçkani oldi va jamoadoşlarini qiyin ahvolda qoldirdi. Xorvatlar qolgan vaqt davomida himoyaga yotişdi, ammo 88-daqiqada baribir töp ötkazib yuborişdi. Yana Merino katta sahnaga çiqib, jarima maydoni içida darvozaga orqa turgan holda töpni qabul qilib olib, keyingi harakatida darvozaga mixladi. Qizil furiya mağlubiyatsiz seriyasini 42 öyinga yetkazdi va muddatidan oldin Millatlar ligasi pley-off yöllanmasini naqd qildi.
Keyn seşanba kuni milliy jamoa safidagi öyinlar soni böyiça Piter Şiltonning rekordini (125) takrorladi va maydondagi eng asosiy figuraga aylandi. Birinçi bölim örtalarida aynan uning qanotdan uzatmasidan keyin çexlar himoyaçisi Soufal öz darvozasini işğol etib qöydi.
Bölim oxirida esa uning özi Rodjersning uzatmasidan hisobdagi farqni oşirdi. Hujumçi Millar ligasining tört turida ham gol urib, minimum dasturni bajardi.
Qolaversa, Harri milliy jamoa safida 90 ta gollik nuqtani zabt etgan yettinçi futbolçiga aylandi. «Oltin töp» uçun asosiy daʼvogarlardan biri sanalgan futbolçi ikkinçi bölimda ham şaxsiy natijalarini yaxşilaşda davom etdi va burçak zarbasidan keyin boşda ikkinçi golini urdi. U endi 6 gol bilan turnirning eng yaxşi töpurari bölib oldi.
Navbatdagi yirik ğalaba Angliya uçun ham pley-off yöllanmasini naqd qildi. Keyingi ikki tur natijalariga köra (Angliya ikki öyinda ham yutqazib, Xorvatiya ikki öyinda ham yutsa), oçkolar teng kelib qolgan taqdirda ham özaro uçraşuvda 7 töp farqi bilan yutqazgan Xorvatiya töplar nisbatini yaxşilay olişi dargumon.
12-noyabr. Çexiya – Ispaniya, Angliya – Xorvatiya. 15-noyabr. Xorvatiya – Çexiya, Ispaniya – Angliya.
Şveysariya guruh autsayderiga birinçi bölim oxirigaça gol ura olmadi va rejissyorlar öz yordamçilari bilan nimanidir qizğin muhokama qilayotgan Murat Yakinning xavotirli yuzini körsatişdi. Ammo blölim yakunlanişi arafasida uyuştirilgan kuçli pressing Rider töpni ötkir burçakdan darvoza töriga yöllaşi bilan yakunlandi. Ikkinçi bölimda esa Manzambining faol harakatlari mezbonlarning yirik ğalabasini taʼminladi. Avvaliga darvozabon unga gol sovğa qildi, keyin esa Joelning pasidan Ndoy hisobni yirik körinişga keltirdi. Qatorasiga tört öyinda ğalaba qozongan Şveysariya pley-off yöllanmasini muddatidan oldin hal qildi.
Guruhdagi ikkinçi örin uçun keçgan bahsda avvaliga şotlandlarning qöli baland kelayotgandi. Birinçi bölimda raqibning xavfli hujumlariga doş bergan mezbonlar qarşi hujumda hisobni oçişdi: darvozabon Makbernining zarbasidan keyin töpni qaytargandi, ammo töpga birinçi bölib Kristi yetib keldi.
Ikkinçi bölimda esa sloveniyaliklar ikkita gol urib, ğalabani ilib ketişdi. Britanlar öyinning köproq vaqtida töpga egalik qilib, 12 bor zarba berdi (2,2 xG), ammo darvoza sohasiga töğri borgan uç zarbadan ikki gol urgan mehmonlar omadliroq çiqişdi.
Belarus ötgan turda yelkasidagi oğir yukdan qutulgan va ğalabali yölga tuşib olgandi. Uzoq vaqtdan buyon erişilgan ilk ğalabadan jamoa şu darajada ilhomlandiki, Finlandiyaga qarşi öyinning 14-soniyasidayoq Şumanskiy töqqizlikni aniq nişonga olib, hisobni oçdi. 15-daqiqada esa mezbonlar hisobdagi farqni oşirişi mumkin edi, ammo Şumanskiy tomonidan işlangan penaltini Volkov golga aylantira olmadi.
Şu bilan birga, minimal hisobdagi ğalaba ham ikkinçi öringa kötariliş uçun yetarli böldi. Parallel keçgan uçraşuvda guruh peşqadami Albaniya autsayder San-Marinoga yutqazib qöyganida Viktor Gonçarenko şogirdlari birinçi öringa ham çiqqan bölardi. Bu öyinda avvaliga mezbonlar yarimhimoyaçisi Kristyan Asllani olis masofadan yöllagan zarbasi bilan hisobni oçgandi. Şundan keyin albanlar xotirjamlikka berildi va rasmiy öyinlarda qariyb bir yildan buyon gol urmagan San-Marino hisobni tenglaştirdi. Keyin esa mehmonlar darvozaboni ketma-ket seyvlar ijro etib, öyin oxirlarigaça intrigani saqlab qoldi. Faqat qöşimça bölimlarda VAR aralaşuv albanlarni şarmandalikdan qutqarib qoldi. Raqib jarima maydonida töp qöl bilan öynalgani uçun belgilangan penaltini esa Asllani aniq ijro etdi – 2:1.
12-noyabr. Albaniya – Finlandiya, San-Marino – Belarus. 15-noyabr. Belarus – Albaniya, Finlandiya – San-Marino.
Yon Vanʼt Ship boşqaruvida yangi sikl boşlagan Qozoğiston hamon ilk ğalabasiga erişa olmayapti. Mezbonlar Farer orollariga qarşi öyinni faol boşlagandi, ammo vaziyatlaridan foydalana olmadi, raqibning burçak zarbalari seriyasi esa hisob oçilişi bilan yakunlandi.
Ikkinçi bölim boşida ham qozoğistonliklar golga yaqin edi: avvaliga Samorodovning jarima zarbasidan keyin töp tösinga tegdi. Keyin esa Kasimning zarbasidan keyin darvozabon tösin ostidan kirib ketayotgan töpni qaytarib qoldi. Javob hujumida esa mehmonlar oradagi farqni oşirişdi.
Faqatgina qozoğistonliklarning faxriy futbolçisi Maliy öz vaqtida hujumga çiqib, jarima maydoni taşqarisidan aniq zarba yölladi va öyinga intriga qaytardi. Keyin esa boşqa bir markaziy himoyaçi Nurali Alip jamoani mağlubiyatdan qutqarib qoldi.
Qozoğiston 4 öyinda ikki oçko olgan holda guruh jadvalida sönggi örinda, Farer orollari esa 4 öyinda ham durang qayd etib, ikkinçi örinda joylaşgan.
Guruhning ikkinçi uçraşuvida esa maydondagi voqealarga umuman mos kelmaydigan hisob qayd etildi. Mezbonlar butun öyin davomida ustunlik qilişdi va köproq zarba berişdi, ammo yirik hisobda yutqazişdi. Slovakiya bu ğalaba orqali V divizionga yöl olişini kafolatladi.
14-noyabr. Moldova – Qozoğiston, Slovakiya – Farer orollari. 17-noyabr. Farer orollari – Moldova, Qozoğiston – Slovakiya.
Estoniya va Islandiya öyini guruh peşqadamligi uçun keçdi va yakunda safardan durang bilan qaytgan islandlar peşqadamlikni saqlab qoldi. Bu durang uçun darvozabon va himoyaçilar qattiq ter tökişiga töğri keldi.
Bolgariya futbolçilariga esa boş murabbiy Aleksandr Dimitrov isteʼfosi ijobiy taʼsir qildi – uşbu mutaxassis qator muvaffaqiyatsiz öyinlardan keyin jamoa yetakçilarining işonçini yöqotgandi. U jamoa boşqaruvida bir yildan köproq işlab, önta öyin ötkazdi, şundan 7 tasida yutqazib, 2 durang va bir ğalaba qayd etdi, uning örniga kelgan Atanas Ribarski esa ilk öyindayoq muvaffaqiyat qozondi.
14-noyabr. Lyuksemburg – Estoniya, Bolgariya – Islandiya 17-noyabr. Islandiya – Lyuksemburg, Estoniya – Bolgariya