AQŞning Nyu-York şahrida davom etayotgan "Katta dubulğa" turkumiga kiruvçi yilnning törtta nufuzli turniridan biri bölmiş US Open musobaqasida yarim final bahslari ötkazildi.
Umumiy mukofot jamğarmasi 46 mln 300 ming dollarni taşkil qiluvçi musobaqaning ayollar örtasidagi turniri yarim finalida sayyoramizning birinçi raketkasi amerikalik Serena Uilyams çexiyalik Karolina Plişkovaga 2:6 va 6:7 hisoblarida mağlub böldi.
Ikkinçi yarim finalda germaniyalik Anjyelika Kerber daniyalik Karolina Voznyatskini 6:4 va 6:3 hisoblarida yengdi.
Endi US Open finalida Kerber va Plişkova bahsi bölib ötadi.












