Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev – 1957 yil 24 iyulda Özbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Zomin tumanida ziyoli oilasida tavallud topgan.
1981 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligi mexanizatsiyasi institutini "injyener- mexanik" mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Texnika fanlari nomzodi.
1981-1992 yillarda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligi mexanizatsiyasi institutida kiçik ilmiy xodimdan institut rektorining birinçi örinbosari lavozimigaça işlagan.
1990 yilda Özbekiston Oliy kengaşi deputati sifatida saylangan. 1994 yili mamlakatning yangi parlamenti (Oliy Majlis) deputati bölgan. 1999 yilda ikkinçi çaqiriq Oliy Majlisiga Jizzax viloyatidan deputat bölgan.
1992 yili Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani hokimi, 1996-1999 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003 yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida işlagan.
2003 yil 11 dekabrida mamlakat parlamenti tomonidan prezident Islom Karimov taklifiga binoan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligiga tasdiqlangan.
2004 yili Özbekistonda taşkil etilgan ÖzLiDeP partiyasi siyosiy kengaşi tarkibiga kirib, 2005 yil 28 yanvar va 2010 yil 27 yanvarda partiyadan hukumat rahbarligiga tavsiya etilgan va tasdiqlangan.
2015 yil 23 yanvarida yana bir marta Oliy Majlis tomonidan hukumat raisi lavozimiga tasdiqlangan.
Özbekiston tarixida birinçi marta, uning nomzodi davlat rahbari emas, parlament saylovida ğalaba qozongan siyosiy harakat – ÖzLiDeP partiyasi tomonidan ilgari surilgan.
Şavkat Mirziyoyev 2005 yildan hukumat rahbarligi bilan birga respublikaning barça agrosanoat majmuasini ham nazorat qiladi.
2016 yil 8 sentabridan Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini vaqtinça bajaruvçi.













