Sport | 18:26 / 13.09.2016
9099
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiyalik xokkey hakami boshiga shayba tegishi tufayli olamdan o‘tdi

Chexiyalik xokkey hakami Pavel Lainka boshiga shayba tegishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Milliy xokkey ligasi sayti muharriri Robert Novotni o‘zining tvitterdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

Ma'lum qilinishicha, 25 avgust kuni «Uorrior Brno» va «Yang Dragons Shumperk» o‘smirlar xokkey jamoalari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida Pavel Lainkaning boshining himoyalanmagan qismiga shayba tekkan va u shu zahoti shifoxonaga yotqizilgan edi.

Hakam 10 sentabr kuni hayotdan ko‘z yumgan.

«Jiddiy jarohati tufayli do‘stimiz va hamkasbimiz Pavel Lainka ikki hafta davomida shifoxonada bo‘ldi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi. Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Uning ruhi orom olsin», — deya yozgan Novotni.

24 yoshli Lainka Chexiyada istiqbolli hakamlardan biri hisoblanayotgandi. Hakamlik faoliyatidan oldin u «Brno» jamoasining o‘smirlari tarkibida o‘ynagan.

Chexiya xokkey federatsiyasi hakamning o‘limi munosabati bilan uning yaqinlariga ta'ziya bildirgan. Mamlakat chempionatining Ekstraligasi va ikkita yoshlar ligasidagi uchrashuvlar 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

Mavzuga oid