Prokuratura maʼlumotlariga köra, Manfred D. Xanningga maxfiy maʼlumotlarni uzatib turgan, u esa öz navbatida uşbu maʼlumotlardan konsalting faoliyatida, jumladan, xorijiy razvedka xodimlariga beriş uçun foydalangan. Gap qaysi davlatlar haqida ketayotgani hamda Xanning Rossiyaga maʼlumot bergan-bermagani hozirça nomaʼlum.
BBC xabariga köra, 80 yoşli Xanning Şimoliy Reyn-Vestfaliyada, 64 yoşli Manfred D. esa Bavariyada qölga olindi. Şu bilan bir vaqtda ularning uyida, şuningdek, Berlinda ham tintuvlar ötkazildi.
Avgust Xanning 1998-yildan 2005-yilgaça Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) rahbari bölgan, 2005-yil dekabridan 2009-yil noyabrigaça esa Içki işlar vazirligi davlat kotiblaridan biri sifatida işlagan. Manfred D. bu davr mobaynida Xanning apparati rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 2012-yil martidan 2026-yil martigaça esa u BND boşqa rahbarlari apparatiga rahbarlik qilgan.
Prokuratura talqiniga köra, 2010-yil bahorida Xanning D.dan razvedka maʼlumotlarini taqdim etib turişini söragan. Razvedkaning sobiq rahbari bu maʼlumotlardan boylik orttiriş maqsadida özining xususiy konsalting faoliyatida foydalanmoqçi bölgan.
Manfred D. 2022-yil iyuniga qadar Xanningga 2 mingtaga yaqin hujjatni topşirgan. Ularning aksariyati maxfiy bölib, faqat BND içida foydalaniş uçun möljallangan edi. Xanning qölga kiritgan maʼlumotlar BND rahbariyati uçun va mamlakat oliy rahbariyati bilan ötkaziladigan muntazam brifinglarda foydalaniş maqsadida tayyorlangan.
Prokuraturaning taʼkidlaşiça, holatlardan birida Xanning xorijiy davlat maxsus xizmati xodimining buyurtmasiga binoan tahliliy material tayyorlaş uçun Manfred D.dan olingan maxfiy maʼlumotlardan foydalangan. Idora gap aynan qaysi davlat haqida ketayotganiga oydinlik kiritmadi.
Bundan taşqari, ayblov tomonining maʼlum qilişiça, Xanning boşqa bir xorijiy maxsus xizmat xodimi bilan ham faol aloqada bölgan. BND sobiq rahbari bir neça yil davomida uni qisman Manfred D.dan olingan materiallarga asoslangan siyosiy maʼlumotlar bilan taʼminlab kelgan.
Taʼkidlanişiça, Xanning qöliga tuşgan hujjatlarda, xususan, Eron yadro dasturi va Rossiya armiyasiga doir maʼlumotlar bölgan.
Xanning taxminan bir yil oldin butunlay boşqa bir iş böyiça politsiya eʼtiboriga tuşgan edi.
2025-yil 16-sentabrda Myunster yaqinidagi Nordvalde şahrida joylaşgan uyida politsiya tintuv ötkazdi. Öşanda Xanningga tegişli «System360» xususiy qöriqlaş firmasi steykxauslar tarmoği egasi Yujin Blokning qizi Kristina Blokning farzandlarini öğirlaşga aloqadorlikda gumon qilingan edi. Tergovçilarning fikriça, Blok xonim sobiq eri bilan birga Daniyada yaşayotgan ikki nafar farzandini (zarur hollarda kuç işlatgan holda) olib keliş uçun «System360»ni yollagan.
















