Xiaomi Mi 4c smartfoni portlab ketib egasiga shikast yetkazdi

Xiaomi Mi 4c smartfoni portlab ketib egasiga shikast yetkazdi. Noxush voqea ko‘chada yuz bergan, deb xabar bermoqda Xitoy OAVga iqtibos keltirgan holda Phone Arena. Erkakning orqa cho‘ntagida bo‘lgan smartfon u ko‘chani kesib o‘tayotganda to‘satdan yonib ketgan.
Oqibatda yosh yigit to‘g‘ri shifokorga borgan: shifokorlar uning oyog‘i son qismidan 3 darajali kuyish jarohati olganini qayd qilishgan. Jurnalistlarning taxminicha, smartfon akkumulyatoridagi nuqson sababli alangalanib ketgan. Biroq voqeaning aniq sabablari hozircha noma'lum.
Iyulda Ajay Raj ismli foydalanuvchi YouTube’da Xiaomi Mi 4i smartfoni qo‘lida yonib ketgani videosini chop etgandi. Smartfon bu vaqtda quvvat olayotgan bo‘lgan.
Sentyabr boshida Samsung kompaniyasi barcha Galaxy Note 7 smartfonlarini ortga qaytarib olayotgani ma'lum qilingandi. Bunday qarorga qurilmaning quvvat olish vaqtida yonib ketishi holatlari sabab bo‘lgan.
12 sentabrda smartfondan birinchi jarohat olganlar haqida ma'lumot paydo bo‘ldi: 6 yoshli bola smartfonda video ko‘rib o‘tirganda, u to‘satdan portlab ketgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

20:27 / 28.06.2017
Samsung portlab ketishi bilan xavf solgan Galaxy Note 7 smartfonini bozorga qaytarmoqda

19:14 / 26.04.2017
Yangilangan Samsung Galaxy Note 7 qachondan sotila boshlanishi aytildi

22:24 / 21.02.2017
Samsung kompaniyasi mash'um Galaxy Note 7 smartfonlarini yana sotishni boshlamoqchi

20:07 / 17.02.2017