Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik böyiça jinoyat sodir etganligi uçun Jinoyat işlari böyiça Buxoro şahar sudi tomonidan qidiruvga berilgan şaxs uşlandi.

Asli Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida tuğilgan R.Q. tergov organlaridan yaşiringanligi sababli unga nisbatan "qamoqqa oliş" tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u Toşkent şahrining Uçtepa tumani hududida yaşirinib yurgan vaqtida Buxoro viloyati IIB KQKB mas’ul xodimlari tomonidan qölga olingan.

Jarayon davomida unga tegişli mobil telefon xolislar iştirokida közdan keçirilganida uning içida "Apple Nasiya" va "Halol Nasiya Savdo" nomli profillar mavjudligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirib olindi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, mazkur şaxs ijtimoiy tarmoqlardagi uşbu profillar orqali 50 ga yaqin fuqaroni çuv tuşirgan bölişi mumkin.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari va qonuniy çoralar körilmoqda.