Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani, Orzu massividagi quriliş ob’yektida yer öpirilib tuşgani, jarohatlanganlar borligi haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarda aytilişiça, köpqavatli uyga tutaş tarzda quriliş işlari olib borilgan, köp yillik daraxtlar kesib taşlangan, kommunikatsiya tarmoqlariga şikast yetkazilgan. Fuqarolarning köp bor murojaat qilişlariga qaramasdan quriliş davom etgan.
Toşkent şahar hokimligining bildirişiça, vaziyat Toşkent şahar hokimining nazoratiga olingan bölib, uning topşiriğiga binoan Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasini nazorat qiliş inspeksiyasi, prokuratura organlari, Olmazor tumani hokimligi hamda boşqa mutasaddi idoralar vakillari iştirokida tezkor maxsus komissiya tuzildi.
Voqea joyida fuqarolar xavfsizligiga tahdidni bartaraf etiş, xavfli hududni örab oliş va unga kirişni çeklaş böyiça birlamçi çoralar körilmoqda. Mutaxassislar hodisa sabablarini, şuningdek, yondoş hudud, yöl qoplamasi va muhandislik kommunikatsiyalarining holatini örganmoqda.
Tekşiruv natijalari böyiça mas’ul şaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Şaharsozlik töğrisidagi qonunçilik talablari va quriliş me’yorlarining buzilişiga yöl qöygan barça şaxslar, şubhasiz, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ta’kidlanişiça, ayni paytda hodisa oqibatida jabrlanganlar va tibbiy yordam sörab murojaat qilganlar yöq.

















