Geekbench ilovasidagi sintetik sinovlarga köra, iPhone 7 MacBook Air noutbuklarining 2015 yilgi sönggi liniyasi modellaridan qolişmaydi. Bu haqida  Daring Fireball naşri ma'lum qildi. 

Geekbench testlarida iPhone 7 qurilmasi protsessorning bir yadrosida işlaş böyiça 3 450, köp yadroli konfiguratsiyada esa - 5 630 oçko töpladi.

Manbada ta'kidlanişiça, iPhone 7 birinçi körsatkiç böyiça  Android-top smartfonlardan ikki barobar kuçli, ikkinçisi böyiça esa - raqiblaridan sezilarli darajadagi farq bilan mutloq yetakçilik qiladi. 

iPhone 7'da tört yadroviy A10 Fusion çipi qöllanadi, unda 2ta energiya tejovçi yadro 1,05 GGts çastotada, 2ta yuqori unumli yadro esa - 2,34 GGts çastotada işlaydi. Tizim bajarayotgan vazifasiga qarab, avtomatik ravişda biridan ikkinçisiga ötadi.

Apple xodimlarining sözlariga köra, iPhone 7 smartfoni iPhone 6s'ga nisbatan 40 foiz, iPhone 6'ga nisbatan esa 100 foiz tezroq işlaydi. 

iPhone va MacBook protsessorlari qurilişiga köra bir xil emas, şu bois ularni sintetik sinovlarda taqqoslaş u qadar töğri bölmasligi va bu real sinovdan farq qilişi mumkin.

Avgust oyining oxirida jurnalistlar real sinovlarda (bir xil vazifalarni ketma-ketlikda bajariş) Samsung  kompaniyasining Galaxy Note 7 qurilmasi iPhone 6s'dan sekinroq işlaşini ta'kidlaşgan (iPhone 7'ni-ku gapirmasa ham böladi). Sintetik sinovlarda esa bu qurilma real sinovga nisbatan yuqori natijani qayd etgan.