Fransiyaning Dijon shahri markazidagi uylardan birida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir necha kishi jabrlandi. Bu haqda BFM TV xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, portlash mahalliy vaqt bilan 9:15da sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida ko‘plab kishilar jarohat olgan, bino vayron bo‘lgan.

Voqea joyida qutqaruvchilar va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari ish olib borishmoqda.