Light | 07:42 / 16.09.2016
33686
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlardagi eng mashhur odamlar nomi aytildi

Apple Tree Communications kompaniyasi mashhur kishilarning turli ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari sonini hisoblab chiqib, ijtimoiy tarmoqlardagi eng mashhur odamlar reytingini tuzdi. Ushbu reyting Sport nashri tomonidan chop etildi.

Apple Tree hisob-kitobiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda eng mashhur shaxs "Real" va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning 238 mln obunachisi bor. 

Eng mashhur ayol esa xonanda Teylor Svift bo‘ldi. Twitter, Facebook, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda uning umumiy hisobda 246 mln obunachisi bor. Uning ortidan xonandalar Keti Perri (219 mln), Selena Gomes (205 mln) va Rianna (190 mln) kelmoqda.

Eng mashhur insonlarning yetakchi yigirmataligidagi 13 kishi musiqa sohasi bilan bog‘langan, ro‘yxatdagilarning 60 foizi ayollarni tashkil qilgan, reyting ishtirokchilarining 65 foizi AQShda yashaydi.    

 

Mavzuga oid