Turkiya adliya vazirligi Turkiyadagi davlat töntaruviga urinişdan keyin ommaviy hibsga olişlar ortida mamlakatning axloq tuzatiş muassasalarida joylar yetişmayotgani sababli 174 ta yangi turma qurilişini ma'lum qildi. Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar bermoqda.
Avvalroq Tekirdag viloyatidagi turmalardan birida jazo ötayotgan mahbuslar turma rahbariyatiga uç kişilik kameralarda 6 nafardan mahbus saqlanayotganidan şikoyat qilganlar. Turma rahbariyati bu şikoyatni Turkiya adliya vazirligiga jönatgan va unga javob xati olingan.
"Yaqin 5 yil içida 174 turma quriladi, ular jazolanganlarning soni oşgani sababli ehtiyojlarni qondiriş maqsadida 100 ming kişini joylaştirişga imkon beradi", deyilgan xatda. Vazirlik hozirda mahbuslarning soni Turkiyada mavjud imkoniyatlardan köpligini tan oldi.












