Xitoy banklari jahonning eng yirik banklari har yilgi ro‘yxati Forbes Global 2000’da yana birinchi o‘rinlarni egalladi. Xitoyning Commercial Bank of China, China Construction Bank va Agricultural Bank of China banklari Xitoy iqtisodiyoti sekinlashgani va buning daromadlarga salbiy ta'sir qilganiga qaramasdan, o‘z pozitsiyalarini saqlab qoldilar. 

Forbes Global 2000 renkingi tushum, daromad, aktiv va bozordagi kapitallashuvning baholanishi asosida shakllantiriladi. 2016 yilgi renkingda hammasi bo‘lib 63 ta davlat kompaniyalari ishtirok etib, bu kompaniyalarning umumiy tushumi 35 trln dollar, daromadi 2,4 trln dollar, aktivlari 162 trln dollar hamda bozordagi kapitallashuvi 44 trln dollarga baholangan.

Quyida dunyoning 25 ta eng yirik banki ro‘yxati keltirilgan: 

1. Industrial and Commercial Bank of China

    Global 2000’dagi pozitsiyasi: 1
    Mamlakat: Xitoy
    Tushum: 171,1 mlrd dollar
    Daromad: 44,2 mlrd dollar
    Aktivlar: 3,4 trln dollar
    Bozordagi kapitallashuvi: 198 mlrd dollar

2. China Construction Bank

    Global 2000’dagi pozitsiyasi: 2
    Mamlakat: Xitoy
    Tushum: 146,8 mlrd dollar
    Daromad: 36,4 mlrd dollar
    Aktivlar: 2,8 trln dollar
    Bozordagi kapitallashuvi: 162,8 mlrd dollar

3. Agricultural Bank of China

    Global 2000’dagi pozitsiyasi: 3
    Mamlakat: Xitoy
    Tushum: 131,9 mlrd dollar
    Daromad: 28,8 mlrd dollar
    Aktivlar: 2,7 trln dollar
    Bozordagi kapitallashuvi: 152,7 mlrd dollar