Visual Capitalist taqdim etgan vizualizatsiyada 1950-yildan 2100-yilgaça bölgan davrda dunyoning aholisi eng köp 15 şahridagi özgarişlar körsatilgan. Reyting Yevropa komissiyasining Qöşma tadqiqotlar markazi (JRC) aholi soniga oid baholari asosida tuzilgan bölib, ma’lumotlar Our World in Data orqali taqdim etilgan.

1950-yilda reytingga Tokio boşçilik qilgan. Öşa paytda şahar aholisi 12,6 mln kişini taşkil etgan. Ikkinçi örinda 9,3 mln aholi bilan Nyu-York turgan.



Öşa davrda dunyoning eng yirik şaharlari orasida Ğarb megapolislarining uluşi ança yuqori edi. 1950-yilda top-15 şaharning yarmidan köpi Yevropa yoki Amerikada joylaşgan. Jumladan, Londonda 7,9 mln, Moskvada 5,5 mln va Parijda 5,4 mln kişi yaşagan.

Keyingi ön yilliklarda vaziyat keskin özgara boşlagan. 1975-yilga kelib London birinçi öntalikdan çiqib ketgan, Parij va Los-Anjeles ham reytingda pastlagan.

XX asrning ikkinçi yarmida Lotin Amerikasi megapolislari, ayniqsa San-Paulu va Mexiko jadal ösgan. 2000-yilga kelib bu ikki şahar aholi soni böyiça Nyu-Yorkni ortda qoldirib, Ğarbiy yarimşarning eng yirik şaharlariga aylangan.

Şu davrga kelib jahon reytingi yuqori poğonalarini asosan Osiyo megapolislari egallay boşlagan. 2000-yilda Tokio 30,3 mln aholi bilan yetakçilikni saqlab qolgan. Guançjou 19 mln aholi bilan uçinçi, Nyu-Dehli esa 18 mln kişi bilan oltinçi örinni egallagan.

2100-yilda Dakka yetakçi bölişi mumkin

Prognozlarga köra, asr oxiriga kelib reyting yana keskin özgaradi. Dakka aholisi qariyb 55 mln kişiga yetib, dunyoning eng yirik şahriga aylanişi kutilmoqda.

Ikkinçi örinni 49,7 mln aholi bilan Jakarta, uçinçi örinni esa 43,7 mln kişi bilan Karaçi egallaşi prognoz qilingan.

1950 va 2000-yillarda dunyoning eng yirik şahri bölgan Tokio esa 2100-yilga kelib 24,1 mln aholi bilan töqqizinçi öringa tuşişi mumkin. Prognozga köra, şahar aholisi hatto 1975-yildagi darajadan ham kamayadi. Buning asosiy sababi sifatida tuğiliş darajasining pasayişi va uzoq muddatli demografik qisqariş körsatilgan.

Ayni paytda Afrika megapolislarining jahon reytingidagi örni ham sezilarli darajada mustahkamlanişi kutilmoqda.