Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida oxirgi yillarda savdo munosabatlarining qanday oʻzgarganini tahlil qildi.
Qayd etilishicha, 2016–2025-yillarda Oʻzbekistonning Hindiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 4 barobarga oʻsib, 1,3 mlrd dollarga yetdi. Eksport 4,9 barobarga oʻsib, 164,8 mln dollarni tashkil etgan boʻlsa, import 4 barobarga oʻsib, 1,1 mlrd dollargacha oshgan.

Hisobot yillarida Hindistondan Oʻzbekistonga kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 587 mln dollardan oshgan.
Hozirgi kunda mamlakatda hind kapitali ishtirokidagi 439 ta korxona faoliyat yurityapti.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 29-30 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Toshkentda boʻladi.





