Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Ohayodagi AYoQShdan topilgan yurakni o‘rganishmoqda
AQShda politsiya va kriminalist-olimlar uchinchi haftadirki, Ohayo shtatidagi AYoQShda plastik xaltacha ichida tashlab yuborilgan yurak kimga yoki nimaga tegishli ekanligini aniqlashga harakat qilishmoqda. Bu haqda New York Times xabar bermoqda.
Gap shundaki, 25 avgust kuni Noruolk shahridagi AYoQShda tez yordam xizmatining ikki xodimi tushlik qilish uchun to‘xtashadi. Aynan o‘shalar plastik xaltachada yotgan yurakni topib olishadi.

Ayni damda olimlar uni o‘rganishda davom etishmoqda. Ayrim olimlarning fikricha, a'zo shakl va hajm borasida inson yuragiga o‘xshaydi, ammo aniq to‘xtamga kelishga hali erta. Chunki cho‘chqaning ham yuragi ko‘rinish va hajm jihatidan insonnikiga o‘xshab ketadi.
"Bundan tashqari, yurakning kimga yoki nimaga tegishli ekanligini uning terisi DNKsidan ham bilish mumkin", deyishmoqda olimlar.
Mavzuga oid
18:53 / 25.04.2026
Ikki meva kombinatsiyasi yurak salomatligini yaxshilashi aniqlandi
16:05 / 03.02.2026
Rossiya olimlarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga safarlarini chekladi
01:36 / 01.12.2025
Yurak uchun eng foydali mahsulotlar aytildi
09:43 / 29.11.2025