Dasturçi Jon Bruks Apple II kompyuteri uçun yangilovçi dasturiy ta'minotni taqdim etdi. U, 1993 yildan beri ilk marotaba işlab çiqarildi, deb yozmoqda Ars Technica.

Bruks Apple II hisoblaş texnikasining modifikatsiyasi hisoblanuvçi Apple II GS kompyuterining 30 yilligi munosabati bilan yangilovçi dasturni taqdim etgan. Şunga qaramay, dasturçining işonç bildirişiça, Apple II’ning barça turlariga mos keladi. 

Hisoblaş tizimining yangi tasnifi ProDOS 2.4 deb nomlangan. Endilikda, dasturçi qöşgan yangiliklar sabab Apple II ham USB-interfeys va BASIC interpretatorini qöllay oladi. 

Apple II — Apple Computer kompaniyasining 1977 yildan boşlab işlab çiqarilgan ommaviy hisoblaş texnikasi hisoblanadi. Bungaça, Stiv Jobs va Stiv Voznyak asos solgan kompaniya Apple I kompyuterini işlab çiqargan.