AQŞning Nyu-Jyersi ştatida, biroz avvalroq şubhali buyum aniqlanganidan keyin poyezdlar harakatlanişi töxtatilgan temir yöl bekatida portlaş röy bergan. Bu haqda NJ.com portali xabar qildi.
Aniqlik kiritilişiça, mahalliy vaqt bilan soat 00.40da (Toşkent vaqti bilan soat 09.40) portlaş ovozi eşitilgan. Bu vaqtda robot şubhali buyumni aniqlayotgandi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, portlaş tösatdan röy bergan. Jabrlanuvçilar haqida ma'lumotlar yöq.
CNN telekanali ma'lumotiga köra, şubhali buyum «huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan portlatilgan». Voqea joyida FXX vakillari iş olib borişmoqda.
17 sentabr kuni portlaş Nyu-Jyersida xayriya marafoni boşlanişi oldidan yuguruvçilar yölagida portlaş sodir bölgandi. Öşanda röyxatga oliş işlari tufayli start keçikkani uçun talofatlardan saqlanib qolingandi.
Şu kuni Manxetten markazidagi Çelsi kvartalida portlaş yuz berdi. Hodisa oqibatida 29 kişi jabrlandi.












