Gollandiyalik olimlar 19 sentabrda haydovçisiz katerlar imkoniyatini örganişga qaratilgan 5 yillik tadqiqot dasturini taqdim qildilar.

Deyarli törtdan bir qismiga suv bilan qoplangan Amsterdamda haydovçisiz maşinalar bilan qiziqişmaydi. Biroq robot-katerlar Gollandiya poytaxti uçun ançagina istiqbolli transport turi hisoblanadi, deb ta'kidlamoqda The Verge.

Roboat deb nomlangan tadqiqot dasturi AQŞning Massaçusets texnologik instituti va ikkita golland universiteti olimlari tomonidan olib borilmoqda. Dasturning narxi 25 mln yevroni taşkil qiladi. Olimlar haydovçisiz kater prototipini 2017 yilda namoyiş qilişga va'da bermoqdalar.

Bunday suzuvçi transport vositalari nafaqat taksi va yuk kemalari sifatida, balki tiğiz vaqtda mobil köpriklar sifatida ham xizmat qilişi mumkin.

"Bir neça soat içida yiğib-bölaklanadigan köpriklar kabi şaharning harakatçan suzuvçi infratuzilmasini yaratiş haqida öylaş lozim", deb aytdi tadqiqot dasturi rahbari Karlo Ratti.

Tadqiqotçilarning fikriça, haydovçisiz katerlar, şuningdek, Amsterdamdagi suv va havo sifati haqidagi ma'lumotlarni olişga va yiliga taxminan 12 ming velosiped taşlanadigan kanallarni tozalaşda asqatişi mumkin.