Yaponiya boş vaziri Sindzo Abening bayonot berişiça, mamlakat hukumati 2016 yildan boşlab 3 yil mobaynida butun dunyodagi qoçqinlarga gumanitar yordam körsatiş maqsadida 2,8 mlrd dollar ajratadi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. 

Sindzo Abe BMT Boş assambleyasi sammitidagi çiqişida şunday fikrni bildirgan. 

Uning qöşimça qilişiça, mazkur gumanitar yordam qoçqinlar va muhojirlar singari qabul qiluvçi davlat va taşkilotlarga ham ajratiladi. 

Yapon boş vazirining qayd etişiça, Yaponiya migratsiya masalalari böyiça boşqa davlatlar bilan hamkorlik qilişga tayyor. 

Uning sözlariga köra, Yaponiya BMT Boş assambleyasida Suriya va Iroqdagi qoçqinlarga hamda Yaqin şarq va Afrikada tinçlikni mustahkamlaş işlari uçun 1,6 mlrd dollar ajratişini ma'lum qilgandi.