Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SanDisk 1 Tb'li hajmga ega SD-kartani taqdim etdi
Western Digital'ga qarashli SanDisk kompaniyasi dunyodagi ilk 1 Tb'li SDXC-fleshkani taqdim qildi. Bu "mo‘'jiza"ni qachon qo‘lga kiritish mumkinligi va uning narxi hozircha noma'lum. Biroq shuni ishonch bilan aytish mumkinki, uni xarid qilganingizdan keyin kamerangizda yangi surat va videolar uchun bo‘sh joy qolganmi yoki yo‘q - qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi.
Yangilik Photokina-2016 ko‘rgazmasida namoyish etildi. Shunisi diqqatga sazovorki, xuddi shu tadbirda ikki yil ilgari 512 Gb'li ilk SD-fleshka taqdim qilingan.
Manbaga ko‘ra, ko‘rgazmada faqatgina prototip ko‘rsatilgan. Boshqacha qilib aytganda, hozircha yangi fleshkani xarid qilishning iloji yo‘q. Biroq 512 Gb'li versiyasining narxi 300 dollardan ortiqligini inobatga olsak, yangi fleshkaning bahosi kamida ikki barobar qimmat bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:41 / 17.11.2025
Apple iPhone chiqarilish jadvalini o‘zgartirdi - endi taqdimotlar yiliga ikki marta bo‘ladi
21:42 / 08.10.2025
Har bir mahallada favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari targ‘ib etiladi
20:58 / 08.10.2025
Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
20:33 / 27.10.2023