Angliya ligasi kubogi 4-bosqichiga qur'a tashlandi. Unga ko‘ra, «Manchester Yunayted» jamoasi bu bosqichda «Manchester Siti»ga qarshi bahs olib boradi. «Liverpul» esa «Tottenhem» bilan kurashadi.
«Arsenal» quyi liga ishtirokchisi «Reding» bilan o‘ynaydi. «Chelsi» esa hamshahari «Vest Hem» bilan to‘qnash keldi. To‘rtinchi bosqich o‘yinlari 24 oktabr sanasida bo‘lib o‘tadi.
Angliya ligasi kubogi. 4-bosqich
24 oktabr
Vest Hem – Chelsi
Manchester Yunayted – Manchester Siti
Arsenal – Reding
Liverpul – Tottenhem
Bristol – Hall
Lids – Norvich
Nyukasl – Preston
Sauthempton - Sanderlend
Manba: Tribuna.uz















