Kickstarter kraudfanding-portalida vaqt ötgan sayin bir-biridan ğaroyib loyihalar paydo bölaveradi. Masalan, oddiy gadjyet DistractaGone bunga misol böladi. Körinişidan u raqamli tablo va uç tugmaga ega kiçik qutini yodga soladi. Bu qurilmani nima sababdan işlatiş mumkin? Fikringiz qanday?
Odam örtaça hisobda öz smartfonining içida kuniga 4 soatdan ortiq yaşaydi. Matematik hisoblaş esa biz yiliga telefonlar uçun deyarli 1500 soat vaqt ajratişimizni körsatadi. Bu esa qariyb ikki oy degani. Biroq asosiysi bu ham emas. Köplab insonlar öz gadjyetlaridan hattoki, iş vaqtida ham, oila bilan keçki taom ustida ötirganda ham yoki sevimli kişisi bilan uçraşuv çoğida ham ayrilolmay qolişadi. Aynan manna şunday «klinik holatlar» uçun Niderlandiyalik ijodkor jamoa DistractaGone’ni öylab topdi.
DistractaGone – taymerli elektron qulfda berkiluvçi mustahkam plastik quti. Şavqatsiz telefonlarsiz oila davrasida vaqtingizni ötkaziş istagidamisiz – şunçaki smartfonni quti içiga solib, uni berkitib, taymerga qöying. Masalan, uç soatga qöyib, qulf rasmli tugmani bosing. Tamom. Taymer nolgaça sanab bölmagunga qadar qutini oçib bölmaydi, siz esa tarmoqlardan kelayotgan xabarlarga çalğimay, bemalol yaqinlar bilan suhbat qurişingiz yoki dam olişingiz mumkin. Albatta, bu ixtironing heç bir qiziq yeri yöq, deb öylaşingiz mumkin. Bu mini-seyf emas, balki vaqtni öğirlovçi smartfonlardan vaqtinçalik halos bölişga yordam beruvçi qandaydir timsoldir.
DistractaGone öz ölçami bilan törtta smartfonni siğdira oladi. Qurilma narxi 35 yevro va 2017 yilning fevral oyida sotuvga çiqadi. Siz bu loyihani Kickstarter portalidagi rasmiy sahifasida qöllab-quvvatlaşingiz mumkin.












