YouGov xalqaro sotsiologiya instituti hamda Britaniyaning HSBC banki hamkorlikda tadqiqot ötkazib, dunyoning yaşaş uçun eng qulay şaharlarini aniqlaşdi. Bu haqida Strait Times ma'lum qildi.
Unga köra, Singapur ikkinçi yil ketma-ket xorijliklar yaşaşi uçun eng yaxşi joy, deb topildi. Faqat bu şahar-mamlakatda bemalol yaşaş uçun yiliga örtaça 139 ming dollar topiş kerak böladi.
Maqolada körsatilişiça, taxminan 84 foiz sörovnomada iştirok etgan xorijlik boşqa şaharlarga qaraganda Singapurda özini himoyalangan his qilişini aytgan. Iştirokçilarning 66 foizi respublikadagi turmuş sifatidan qoniqiş hosil qilganini bildirgan, 62 foizi esa Singapurni karera uçun eng yaxşi joy, deb hisoblaşini ma'lum qilgan.
Aksariyat ekspatlar va ularning oila a'zolari Singapurda tibbiy suğurtalar bilan ta'minlanadi, şuningdek bolalarning maktabgaça ta'lim muassasalari va maktablarda ta'lim olişi uçun kompensatsiyalar tölanadi.
Reytingdagi ikkinçi örin joriy yilda Yangi Zelandiyaga nasib etdi. 3-örin Kanadaga berildi. Undan keyingi örinlarda Çexiya, Şveytsariya, Norvegiya, Avstriya, Şvetsiya, Bahrayn va Germaniya mamlakatlari nomi qayd etildi.












