Facebook asoschisi Mark Tsukerberg va uning rafiqasi Pristsilla Chan sog‘liqni saqlash sohasidagi tadqiqotlarga 3 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirmoqchi, deb yozmoqda Bloomberg axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, bu mablag‘ 10 yil davomida xayriya sifatida ajratiladi.

Birinchi sarmoyalar Biohub tibbiy ilmiy-tadqiqot markazini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi va 600 mln dollarni tashkil qiladi. Biohub markazi Stenford universiteti, San-Frantsiskodagi Kaliforniya universiteti va Berkli universiteti hamkorligi doirasida yaratilgan.