Yiğilişda qayd qilinişiça, oilaviy şifokorlar uluşini 70 foizga yetkaziş möljallangan. Raqamlaştiriş va qoğoz hujjat aylanişini qisqartiriş orqali tibbiyot xodimlarining iş yuklamasini qariyb uçdan bir qismga kamaytiriş, fuqarolarning birlamçi böğin xizmatlaridan qoniqiş darajasini 85 foizdan oşiriş maqsad qilingan. Şu bilan birga, tibbiyot xodimlarini moddiy rağbatlantirişning ularning kasbiy samaradorligiga bevosita boğliq böladigan yangi tizimi joriy etilmoqda.
Prezident ixtisoslaşgan yordamni tubdan takomillaştiriş muhimligini ta’kidladi. Önlab ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari mavjud bölib, ular zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda, budjetdan katta mablağ ajratiladi.
Ta’kidlanişiça, aholi orasida xizmat sifati va uzun navbatlar yuzasidan e’tirozlar saqlanib qolmoqda. Ixtisoslaştirilgan markazlarda davolaşning xalqaro standartlarini joriy etiş, birlamçi böğinda metodologik işlar sustligi körsatib ötildi.
Şu bois, barça respublika ixtisoslaştirilgan klinikalari faoliyatini qayta körib çiqib, ularning boşqaruviga zamonaviy, professional menejerlarni jalb qiliş taklifi bildirildi. Turkiyalik mutaxassislar faoliyat yuritayotgan Respublika onkologiya va radiologiya markazi bunga yorqin misol qilib körsatildi.

Ta’kidlanişiça, ayni paytda klinik protokollarni qayta körib çiqiş va yangilaş davom etmoqda: hozirgaça 400 tasi qayta körildi, yil oxirigaça bu körsatkiç ikki baravar oşadi. Osiyo taraqqiyot banki kömagida uç mingdan ziyod tibbiy xizmatlar uçun tariflar metodologiyasi işlab çiqilmoqda.
Davlat rahbari yana beşta markazga xorijiy professional menejerlarni jalb qiliş yoki ularni xorijdagi nufuzli klinikalar boşqaruviga beriş imkoniyatini örganişni buyurdi.
Bunda xalqaro tajriba asosida diagnostika va davolaş standartlari işlab çiqilişi, milliy klinik protokollar yaratilişi, yangi texnologiyalar joriy qilinişi, markazlarni rivojlantiriş böyiça uzoq muddatli strategiya işlab çiqilişi, yuqori malakali mutaxassislar jalb etilişi, aholiga sifatli tibbiy yordam körsatişning şaffof va adolatli tizimi yaratilişi şartligi ta’kidlandi.
Yiğilişda bolalar salomatligini muhofaza qiliş çora-tadbirlari ham muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, butun dunyoda bolalarni ona suti bilan oziqlantiriş muammosi dolzarb bölib, ona sutining örnini bosuvçi mahsulotlardan foydalaniş sur’ati ortib bormoqda.

















