Davlat rahbari 16 fevral kuni ötkazilgan yiğilişda keksalar, yolğiz va ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar oliş, oğir ahvolga tuşib qolgan oilalarga amaliy kömak beriş ezgu qadriyat ekanini ta’kidladi.

Yiğilişda şu maqsadda işlab çiqilgan “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va şukronalik oyi” şiori ostidagi kompleks çora-tadbirlar töğrisida axborot berildi. Ularni amalga oşiriş uçun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard söm hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard söm ajratilişi belgilandi. Ajratiladigan mablağlar hisobidan ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam körsatiş, nogironligi bor şaxslarning davolaniş va jarrohlik amaliyotlari xarajatlarini qoplab beriş közda tutilgan.

Prezident joriy yil yanvar oyida turli radikal va ekstremistik ğoyalar axborot texnologiyalari orqali yoşlar ongini zaharlaşga urinayotgani, faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib bölmasligini ta’kidlagan edi. Prezident jamiyat onalari va kelajak avlod tarbiyaçilari bölgan xotin-qizlarni buzğunçi ğoyalar ta’siridan asraş, ularni ham ma’nan, ham moddiy qöllab-quvvatlaş masalasiga alohida urğu berdi.

Bu jarayonda yot ğoyalar ta’siriga tuşib qolgan şaxslarni ijtimoiylaştiriş, moddiy qöllab-quvvatlaş, ularning oilalari bilan individual tarzda işlab, tibbiy va psixologik yordam körsatiş hamda kasb-hunarga örgatiş orqali bandligini ta’minlaş zarurligi körsatib ötildi.

Prezident har bir mahallada ehtiyojmand oilalarning aniq va şaffof röyxatini şakllantiriş, yordamlarni fuqarolarning dini, millati va ijtimoiy kelib çiqişidan qat’i nazar, teng va adolatli tarzda yetkaziş şartligini alohida ta’kidladi. Mas’ul idoralarga bu borada qat’iy nazorat örnatiş topşirildi.