Ferrari kompaniyasi GTC4 Lusso superkarining yangi modifikatsiyasini taqdim qildi. Bu model nomida T qöşimçasini olgan. Yangi maşina italyan markasining turbomotor bilan jihozlangan birinçi 4 örindiqli modeli böldi.

Ferrari GTC4 Lusso T 8 silindrli, 2,9 litrli turbomotor bilan jihozlandi. Dvigatel 680 ot kuçiga va 760 Nm aylantiriş oniga yeta oladi. U ikki ilaşişli 7 poğonali robotlaştirilgan uzatmalar qutisi bilan birga işlaydi.

GTC4 Lusso T’ning motoridan harakatlaniş faqat orqa ğildiraklarga beriladi. Yangi maşinaning oğirligi 1740 kg ga teng va u standart superkardan 50 kg ga yengilroq. 

Norasmiy ma'lumotlarga köra, maşina joyidan 100 km/soat tezlikka 3,5 soniyada erişa oladi, maksimal tezligi soatiga 320 km ni taşkil qiladi. 

Yangi maşina yon sirpanişlarni nazorat qilişning modernizatsiyalaşgan tizimini olgan. Sirpaniş vaqtida elektronika uning körsatkiçlarini maksimal mumkin bölgan qiymatlar bilan soliştiradi va zarurat bölganda haydovçiga sirpanişni trekşn-nazorat va faol orqa differensial yordamida nazorat qilişga kömak beradi.

Maşinaning sentabr oxiridagi Parij avtosalonida ilk namoyişi bölib ötadi.