Kanadaning shimolida joylashgan Nunavut hokimiyati mahalliy maktablarni ularda go‘yoki portlovchi qurilmalar qo‘yilgani haqida olingan tahdidlar tufayli yopishga qaror qildi, deb xabar bermoqda CTV News.
Ta'kidlanishicha, evakuatsiya kollejlar va 60 dan ko‘proq maktabda o‘tkazilgan.
Tahdid Nunavutning uchta hududidagi o‘quv muassasasi ma'muriyatiga mashg‘ulotlar boshlanishidan avval kelib tushgan. Politsiyada tahdid haqiqiy deb qaralmagan.











