Şu yilning 21 sentabrida Rubtsovsk talabalar jamoalari örtasidagi futbol öyin vaqtida metall darvozaga yaşin kelib urilgani, buning oqibatida darvoza yaqinidagi tört nafar öyinçi yaşin tokidan zararlangani xabar qilingan edi. Keyinroq, ulardan biri 18 yoşida hayotdan köz yumdi. E'tiboringizga, kamida 13 kişi halok bölgan futboldagi eng dahşatli 10ta yaşin uriş holati haqidagi ma'lumotlarni havola qilamiz. 

10. 21 sentabrda Rubtsovsk talabalar jamoalari örtasidagi futbol öyini fojia bilan tugadi. Metall darvozaga yaşin kelib urilgani oqibatida uning yaqinidagi tört nafar öyinçi huşidan ketgan. Ulardan biri 18 yoşli öyinçi hayotdan köz yumdi.

9. Boliviya. 2014 yil noyabrida futbol maydoniga tuşgan yaşin Devid Alvares nomli futbolçining hayotiga zomin böldi. 

8. Ukraina, 2011 yil iyun. Respublikaning Bryanka şahrida bölib ötayotgan öyinning eng qizğin pallasida yaşin 18 yoşli futbolçining bevaqt ölimiga sabab böldi.

7. Salvador, 2009 yil sentabr. Mamlakat şarqidagi öyin çoğida yoşgina öyinçi David Tovar yaşin urişidan vafot etdi. 

6. 2006 yil avgust, Daniya. Mamlakat havaskorlar ligasi öyinida kuçli elektr tokiga ega çaqmoq 17 yaşar futbolçini nişonga olgan. U, ikki kundan söng, şifoxonada hayot bilan vidolaşgan.

5. 2006 yil iyun, Rossiya. Samara viloyati Suxodol qörğonida taşkil etilgan futbol bahsida çaqmoq Yevgeniy Kirsanovning ösmirlar jamoasi öyinçisini nobud qildi. 

4. 2003 yil dekabr, JAR. Yohannesburg şahridagi futbol öyini vaqtida yaşin maydonning qoq markaziga tuşgani sababli, bir öyinçi şu yerning özida halok bölgan, 6 nafari şifoxonaga yotqizilgan. 

3. Kolumbiya. 2003 yil oktabr oyida yaşin “Deportivo” öyinçilariga kelib urilgan edi. Milliy terma jamoaning sobiq öyinçisi Erman Gaviya hodisa oqibatida halok böldi. 

2. Gvatemala. 2002 yil yozida maydonni tribunadan ajratib turuvçi temir tösinga kelib urilgan yaşin ikki futboolçining umriga zomin böldi.

1. 2007 yil iyulida Kambojadagi futbol öyinida yaşin urişi 3 futbolçining hayotdan köz yumişiga sabab bölgan edi.