Madridning “Real” jamoasi La Liganing 6-turida “Las-Palmas” mehmoni böldi.
Uçraşuvning 32-daqiqasida Marko Asensio “Real”ni hisobda oldinga olib çiqdi. Biroq 38-daqiqada mezbonlar a'zosi Dominges muvozanatni tikladi, - 1:1. Jamoalar tanaffusga şunday hisob bilan yöl olişdi.
Ikkinçi bölimda “Real” köproq hujumlar taşkil qildi. Bu esa 68-daqiqaga kelib öz samarasini berdi. Karim Benzema Ronaldu va Morata tomonidan amalga oşirilgan kombinatsiyani gol bilan yakunladi va madridliklarni oldinga olib çiqdi, - 1:2.
Benzemaning goli esa “Real”ga ğalaba keltirmadi. 85-daqiqada Arauxo “Las-Palmas”ning joniga aro kirib, muvozanatni tikladi. Bahsning qolgan daqiqalarida “Real” qator golli vaziyatlarni yaratganiga qaramay, hisobni özgartira olmadi. Şunday qilib, öyin 2:2 hisobida yakunlandi.
“Las-Palmas” – “Real” – 2:2
Gollar: 0:1 – 33 Asensio, 1:1 – 38 Dominges, 1:2 – 67 Benzema, 2:2 – 85 Arauxo.
Las-Palmas – Varas, Garsiya Santana, Kastelyano, Masedo, Artiles, Momo (Arauxo, 68), Gomes, Dominges, Viyera (El-Jar, 56), Livaya (Lemos, 88), Mesa.
Real Madrid – Kasilya, Varan, Naço, Karvaxal, Ramos, Modriç, Kroos, Asensio (Benzema, 64), Beyl, Ronaldu (Vaskes, 72), Morata (Isko, 80).
Ogohlantirişlar: Mesa (23), Garsiya Santana (54), Kroos (58), Karvaxal (77), Dominges (90).
manba:tribuna.uz












